Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Asad o‘z xalqini qirish uchun navbatdagi kimyoviy hujumga tayyorlanmoqda» - Oq uy
Suriya prezidenti Bashar Asad navbatdagi kimyoviy hujumga tayyorlanmoqda, deb yozadi AQShning mashhur nashri Fox News.
Manbada aytilishicha, Asad ikkinchi marotaba o‘z xalqini qirish uchun Suriyadagi mavjud kimyoviy quroldan foydalanmoqchi.
«Janob Asad o‘z xalqini qirish uchun navbatdagi ommaviy qirg‘inga tayyorlanmoqda. AQShda bunday deyish uchun yetarlicha ma'lumotlar bor. Ular uyushtiradigan qirg‘in qurbonlari orasida bolalar ham bo‘ladi. U va uning tarafdorlari buning uchun javob berishadi. Ular uchun bu qimmatga tushadi»,- deb yozadi Oq uy matbuot kotibi Sin Spayser.
AQSh hukumati 6 aprel kuni Suriyaning Homs viloyatidagi harbiy aviabazaga zarba yo‘llagan va bunga sabab qilib Bashar Asadning Idlibda kimyoviy qurol vositasida ommaviy qirg‘in o‘tkazgani ko‘rsatilgandi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:28 / 28.04.2025
Bashar Asad otasining jasadi qoldiqlari o‘g‘irlab ketildi – OAV
20:54 / 23.04.2025
Rossiya Bashar Asadni Suriyaga topshirishdan bosh tortdi
17:47 / 17.04.2025