Kutilmaganda yuzaga kelgan orol AQSh sayyohligining yangi xit yo‘nalishiga aylandi
Shimoliy Karolina (AQSh) shtati qirg‘oqlarida yuzaga kelgan kichik orol sayyohlar orasida tezda tanilib ketdi. Fox News shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.
Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, aprel oyida Keyp yaqinida uzunligi 1,6 kilometr, kengligi taxminan 300 metrni tashkil qiluvchi quruqlik maydoni yuzaga kelgan. U mollyuskalar chig‘anoqlari bilan qoplangani uchun ham norasmiy "Chig‘anoq orol" nomini oldi.
Jamoatchilik sohillari nazorati xizmati vakili Deyv Hallak orolga kelishga urinayotgan sayyohlarni xavfdan ogohlantirdi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, mazkur hudud baliqchilar orasida mashhur hisoblanadi, shu bois u yerning tubida qarmoqlar ilgaklari ko‘p qolib ketadi. Bu esa orolga sayoz suv orqali kelishga harakat qilayotganlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, sayyohlar ushbu hududda akulalar yoki nayza dumli skatlarga to‘qnash kelishlari ehtimoli bor. Biroq barcha ogohlantirishlarga qaramay, sayyohlar baribir orolga kelishda davom etmoqda.
Hallakning ta'kidlashicha, "Chig‘anoq orol" dengiz oqimlari va to‘fonlar natijasida shakllangan. U qanday paydo bo‘lgan bo‘lsa, shunday yo‘qolib ketishi yoki ko‘lam jihatidan kengayib, Poynt bilan birlashishi ham mumkin.
Mavzuga oid
18:05 / 04.10.2024
AQShda «Helen» to‘foni qurbonlari soni 200 dan oshdi. Prezident va nomzodlar jabrlangan hududlarga bormoqda
12:20 / 11.09.2018
«Favqulodda xavfli»: AQShning sharqiy qirg‘oqlariga halokatli dovul yaqinlashmoqda
22:20 / 09.01.2018
AQShda muzlik davri: kaltakesaklardan keyin timsohlar ham muzlab qoldi
10:39 / 24.03.2017