Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakkasaroyda xonadon egasini tunagan o‘g‘ri tezda ushlandi
2017 yilning 23 iyun kuni noma'lum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yakkasaroy tumani hududida yashovchi Valeriya Kravchuk (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, unga tegishli bo‘lgan jami 1.900.000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlagan, deb xabar bermoqda Toshkent IIBB.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tergov tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Ildar Muxtarov Sabirovich sodir etganligi aniqlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
22:10 / 13.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uy tomiga o‘zboshimchalik bilan restoran qurilgani aniqlandi
23:43 / 05.05.2025
Toshkentda Lacetti urib ketgan piyoda vafot etdi
14:13 / 16.02.2025