Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro Press-klubda kommunal to‘lovlarni undirish bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi
Bugun, 28 iyun kuni Xalqaro Press-klub (XPK)da "Byuro: tejamkorlik, iste'molchilar mas'uliyati, to‘lov madaniyati" mavzusidagi navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (MIB) zimmasiga yuklangan vazifalar, O‘zbekistonda sud qarorlari ijrosini ta'minlash, gaz va elektr energiyasi to‘lovlarini undirish bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi. Mazkur sessiya Xalqaro Press-klub, Majburiy ijro byurosi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamkorligida tashkil etildi.

Sessiyada Majburiy ijro byurosi direktori B.B.Qudratxo‘jayev, MIB direktorining birinchi o‘rinbosari J.A.Aripov, Toshkent shahar bosh imom xatibi A.Tursunov va qator ekspertlar ishtirok etishdi.
Anjumanda O‘zbekistondagi sud qarorlarini ijro etish tizimida, kommunal to‘lovlarda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida yirik islohotlar o‘tkazilayotgani qayd etildi. Jumladan, 2017 yil 29 mayda Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste'mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5059-sonli farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek elektr va gaz ta'minoti sohasida boshqaruv tizimini, nazorat va hisobga olish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, to‘lov intizomini mustahkamlash, javobgarlikni kuchaytirish, ijro ishi yuritishning samaradorligini tubdan oshirish ko‘zda tutilgan.
Qabul qilingan hujjatlar asosida tabiiy boyligimizni asrash, undan tejab foydalanish, kelgusi avlodga yetkazish maqsadi yotadi. XPK sessiyasi aynan shu muammolar yechimiga va qonun ijrosi qay darajada borayotganini monitoring qilishga qaratiladi.
Mavzuga oid
21:31 / 27.08.2024
Prezident 1 million xonadon isitish tizimini energiya tejamkoriga almashtirish vazifasini qo‘ydi
11:45 / 29.06.2022
Agar pul yetishmasa, uni qanday tejash kerak
19:22 / 19.06.2020
Karantin davrida ichimlik suvi to‘lovlari kamayib ketgani uchun 64 mlrd so‘m ssuda berildi
23:05 / 28.10.2019