Fan-texnika | 15:26 / 28.06.2017
6267
2 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiya aviakompaniyasi yo‘lovchilarni kursilarda manziliga yetkazishga qaror qildi

Kolumbiyaning VivaColombia aviakompaniyasi laynerlarda tik o‘rindiqlar, deya ataluvchi yangilikni joriy qilmoqchi. Bunda salonga ko‘proq yo‘lovchilar sig‘adi, deb yozmoqda The Telegraph.

Loukoster bosh direktori Uilyam Shoning ma'lum qilishicha, kompaniya mutaxassislarga ushbu masala bilan shug‘ullanish vazifasini bergan. «Biz samolyotda parvoz qilishni arzonlashtirish mumkin bo‘lgan barcha usullardan juda manfaatdormiz», - deya ta'kidlab o‘tdi top-menejyer.

Tik o‘rindiqlar ostidan kursilar ko‘tariladi. Avval yo‘lovchilar uchun shunday joylarni yaratish g‘oyasi qator aviakompaniyalar va ishlab chiqaruvchilardan chiqqandi.

Xususan, 2010 yilda Yevropaning Ryanair loukosteri bosh direktori Maykl O'Liri bu g‘oyani ilgari surgan. Tadbirkor samolyotlardagi xavfsizlik kamarlaridan voz kechishni taklif qilgan, uning iddao etishicha, ular aviahalokat yuz bersa, yo‘lovchi hayotini baribir saqlab qola olmaydi.

Buyuk Britaniya fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi uning fikriga qo‘shilmadi. Boshqarmadan ta'kidlashlaricha, “tik o‘rindiqlar” joriy etilishidan oldin ularning xavfsizligiga yuz foiz ishonch hosil qilish kerak.

Ilk bora esa Airbus korporatsiyasi 2003 yilda bunday kursilar yaratish taklifi bilan chiqqan. Italiyaning Aviointeriors ishlab chiqaruvchisi 2010 yilda bu g‘oyani hayotga tatbiq etib, SkyRider kursilarini taqdim etdi.

Kompaniyadan bildirishlaricha, bunday mahsulot salonda qo‘shimcha 25 foiz joyni bo‘shatish imkonini beradi. Biroq bugungi kunda dunyoning bironta aviakompaniyasida shunday kursilardan foydalanilmaydi.

Mavzuga oid