Sport | 21:40 / 28.06.2017
50085
2 daqiqa o‘qiladi

Tishlangan quloq voqeasiga 20 yil bo‘ldi (fotojamlanma)

Roppa-rosa yigirma yil muqaddam boks tarixidagi eng janjalli voqealardan biri sodir bo‘lgan edi. O‘shanda — 1997 yilning iyunida afsonaviy bokschilar Mayk Tayson va Evander Holifild ringda ikkinchi bor ro‘baro‘ kelishadi, tarixiy bahslashuvning o‘zi esa keyinchalik «Shovqin va g‘azab» deb nom oladi.

Biroq dastlabki jangdagi mag‘lubiyat uchun qasos o‘tida yonayotgan “Temir Mayk”ning ixlosmandlari teshik tog‘ora oldida qolishdi — ularning suyukli bokschisi baquvvat mushtlariga qo‘shib tishlarini ham ishga soldi. Tayson ikki bor raqibining qulog‘ini tishlaydi, birinchisida hattoki Evanderning quloq suprasining bir chetini uzib ham oladi. Faqatgina bir necha daqiqa o‘tibgina hakamlar nima voqea yuz berganini anglab yetishadi va jangni to‘xtatishadi. 

Oqibatda «tarixdagi eng kuchli nokautchi» bokschilik litsenziyasidan mahrum etiladi va 3 million dollar jarimaga tortiladi, biroq oradan ikki yil o‘tib yana ringga qaytadi.

Foto: Steve Marcus/Reuters
Evander Holifild va Mayk Tayson jangi, 1997 yil 28 iyun
Foto: Gary Hershorn/Reuters
Evander Holifild va Mayk Tayson jangi, 1997 yil 28 iyun
Foto: Gary Hershorn/Reuters
Mayk Tayson bilan jangdan so‘ng Evnder Holifildning qulog‘i. 1997 yil 28 iyun
Foto: Steve Marcus/Reuters
Evander Holifild va Mayk Tayson jangi, 1997 yil 28 iyun
Foto: Gary Hershorn/Reuters
Evander Holifild va Mayk Tayson jangidan so‘ng
ringga chiqib kelgan politsiya, 1997 yil 28 iyun
Foto: Fred Prouser/Reuters
AQShning Kaliforniya shtatidagi Pasadena shahri do‘konlaridan birida sotilayotgan,
tishlangan quloq shaklidagi sutli shokolad, 1997 yilning iyuli
Foto: Andy Kropa/AP
Evander Holifild va Mayk Tayson Nyu-Yorkda, 2015 yil 12 mart

Mavzuga oid