Jahon | 08:13 / 28.06.2017
7187
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiya Suriya shimolida yangi harbiy amaliyot o‘tkazishi mumkin
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning «Izvestiya» gazetasiga ma'lum qilishicha, turk qo‘shinlari Suriya shimolida yangi yirik amaliyotni o‘tkazishga tayyor.
«Suriyada hozir salbiy jarayonlar ketmoqda. Agarda bu bizning chegaralarimizga tahdid tug‘dirsa, biz «Firot qalqoni» amaliyotidagi kabi xatti-harakatni amalga oshiramiz», - deya ma'lum qildi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya o‘zining nazorat hududiga Manbij va Raqqa shaharlarini ham qo‘shishga tayyor. Bu u yerda kurdlar davlati paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kerak.
Bundan tashqari, Turkiya prezidenti, Anqaraning strategik sheriklari bo‘lgan davlatlar kurd tashkilotlaridagi «terrorchilar bilan birga harakat qilishayotganidan» afsusda ekanini bildirdi.