Jahon | 07:53 / 29.06.2017
5655
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada prezident qarorgohiga mashinada bostirib kirmoqchi bo‘lishdi

Foto: Arquivo pessoal

Braziliyada noma'lum kimsalar mamlakat prezidenti Mishel Temerning poytaxt Braziliadagi qarorgohiga mashinada bostirib kirmoqchi bo‘ldilar, deb xabar bermoqda Globo portali. Guvohlarning aytishicha, o‘q ovozlari eshitilgan.
  
Ta'kidlanishicha, mashina Alvorada qarorgohi oldidagi to‘siqni buzib kirgan. Bir gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Ayni vaqtda saroy hududi o‘rab olingan. Voqea  vaqtida Temerning o‘zi qarorgohida bo‘lmagan.

Temer bahordayoq bu qarorgohda yashashdan bosh tortgandi: uning fikricha, saroy haddan tashqari katta va noqulaydir. Prezident shuningdek saroy "yomon energetika"ga egaligini aytib, hattoki u yerda arvohlar bo‘lishi mumkinligi haqida hazillashgan. 

Avvalroq Temer unga bildirilayotgan korrupsiyadagi ayblovlar negizida vaziyatning og‘irlashgani sababli G20 sammitiga safarini bekor qilgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid