Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu endi uyalmasa ham bo‘ladi - Zlatan o‘ziga yasalayotgan haykalni namoyish etdi
«Manchester Yunayted» hujumchisi, tez orada erkin agentga aylanadigan Zlatan Ibrahimovich o‘zi uchun yasalayotgan haykalning boshini namoyish qildi. 35 yoshli shvetsiyalik futbolchi Instagramdagi sahifasida o‘zining haykali uchun tayyorlangan metall bosh tasvirlangan videorolikni joylashtirgan.
«Shvetsiya ramzi tayyor bo‘lib qoldi», - deya yozgan u.

Eslatib o‘tamiz, shu yil boshida Portugaliyada haykaltarosh Manuel Santush «Real» hujumchilari Krishtianu Ronaldu va Garet Beylning byustlarini yasagan, bu ijod namunalari futbolchilarga o‘xshamagani uchun hech kimga yoqmagan va haykaltarosh tanqidlarga uchragandi.
Mavzuga oid
19:56 / 13.05.2025
Italiyalik ijodkorning ko‘rinmas haykali 18 ming dollarga sotildi
21:51 / 13.09.2024
Britaniyada Yelizaveta II ning yangi haykali paydo bo‘ldi. U ko‘plab bahslarga sabab bo‘lmoqda
22:04 / 27.08.2024
Hindiston milliy qahramonining 10 metrli haykali qulab tushdi
09:36 / 10.05.2024