Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent IIBB fuqarolarga murojaat qiladi
2017 yilning 21 iyun kuni, Shayxontohur tumanida Jalilov Ibrohim fuqaro I.ning xonadoniga kalit tanlash yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasidan jami 4 ming AQSh dollari va 800 ming so‘m miqdorda pul mablag‘larini talon-toroj qilib hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuoti anjumanida ma'lum qilindi.

Toshkent shahar IIBB tomonidan olib borilgan tergov-tezkor harakatlar davomida fuqaro Jalilov daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIB tomonidan JKining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirish) alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

2017 yilning 1 iyun kuni, noma'lum shaxs fuqaro S.ning Mirzo Ulug‘bek tumani hududida joylashgan xonadoniga kalit tanlash yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. U xonadon yotoqxonasidan bahosi 1 mln 500 ming so‘mlik “HP” rusumli noutbukini, bahosi 1 mln 500 ming so‘mlik “SAMSUNG” planshetini, 100 AQSh dollari va 50 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini talon-toroj qilib hodisa joyidan yashiringan. Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB noma'lum o‘g‘riga nisbatan JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida 2017 yilning 24 iyun kuni mazkur jinoyatni Hojyeva Dilnoza sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.

Shu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi yuqoridagi shaxslardan jabrlanganlar bo‘lsa, “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki yaqin oradagi ichki ishlar idoralariga murojaat qilishlarini so‘rab qoladi.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
14:13 / 16.02.2025
Farg‘onada o‘g‘irlikka tushgan yigit onani bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi
18:18 / 11.02.2025
Shovotda profilaktika inspektori eri Rossiyada bo‘lgan ayolning uyida ushlandi
21:03 / 31.01.2025