Toshkent viloyatida 46ta jinoyat "issiq izidan" fosh etildi
2017 yil 22-29 iyun kunlari Toshkent viloyati hududida 50ta jinoyat sodir etilgan. Shundan 2ta qasddan odam o‘ldirish, 3ta qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, 1ta avtotransport vositasini olib qochish, 9ta o‘g‘irlik, 3ta firibgarlik, 9ta giyohvandlik, 5ta iqtisodiy va 18ta boshqa turdagi jinoyatlarni tashkil qiladi.
Bu haqda Toshkent viloyati IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Mamasoliyev Jahongir ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sodir etilgan jinoyatlarning 46tasi "issiq izidan" fosh etilgan. Fosh etilmagan 4ta o‘g‘irlik jinoyatlari bo‘yicha aybdorlarni qidirib topish va ularni qonun doirasida javobgarlikka tortish borasida barcha tergov va tezkor choralar ko‘rilmoqda.
Hafta davomida qidiruvda yurgan 23 nafar shaxslar ushlandi. Ilgari sodir etilib, ochilmagan 6ta jinoyat fosh etildi. Shundan, 1 ta avtotransport vositasini olib qochish, 5ta o‘g‘irlik jinoyatlaridir.
Mavzuga oid
20:20 / 03.10.2019
Toshkent viloyati IIB boshlig‘iga yangi o‘rinbosar tayinlandi
21:22 / 06.09.2019
Toshkent viloyatida jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan haydovchilar “AUTO CON” moslamasi yordamida aniqlanmoqda
13:42 / 31.12.2018
Toshkent viloyati IIBning bir guruh faxriylari nafaqaga kuzatildi
10:47 / 19.04.2018