Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hukumati oziq-ovqat mahsulotlari narxini nazorat qiladi
O‘zbekistonda mamlakat Bosh vaziri rahbarligida asosiy mahsulotlar narxini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha Respublika komissiyasi tashkil etiladi. Bu haqda Uznews.uz xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 23 iyundagi “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega asosiy oziq-ovqat tovarlari bilan ishonchli ta'minlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralar to‘g‘risida”gi qarorida shu haqda so‘z yuritiladi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonda mamlakat Bosh vaziri A.Aripov boshchiligida ijtimoiy ahamiyatga ega asosiy oziq-ovqat tovarlari narxlarini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha Respublika hamda hududiy komissiyalari tashkil etiladi.
Bundan tashqari, ichki iste'mol bozorida narxlarni barqarorlashtirishga ko‘mak berish Fondini tashkil etish rejalashtirilgan.
Ushbu Fond mablag‘lari ichki bozordagi oziq-ovqat tovarlariga talab va takliflarning mavsumiy hamda boshqa jiddiy tebranishlarini me'yorga solishga yo‘naltiriladi. Bunday mahsulotlar orasida birinchi navbatda – go‘sht, o‘simlik va hayvon yog‘lari, don mahsulotlari, un, kartoshka, sabzi, piyoz va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega muhim oziq-ovqat tovarlari bor.
Respublika va hududiy komissiyalar joylarda asosiy ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish va sotishni o‘z vaqtida amalga oshirishni muvofiqlashtiradi; huquq-tartibot idoralari bilan birgalikda narxlarning sun'iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tizimli nazorat olib boradi; O‘zbekiston MTRK, “Mahalla” Jamg‘armasi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Fond mablag‘lari hisobidan asosiy ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilishi va sotilishi jarayonlarining samarali jamoatchilik nazoratini tashkil etish bo‘yicha choralar ko‘radi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025