Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yana bir kollej yopilishi mumkin: ota-onalar rahbariyatni talabalarga qo‘l ko‘tarishda aybladi
Toshkent shahridagi X.Kalonov nomidagi Yunusobod kompyuter texnologiyalari professional kolleji talabalarining ota-onalari o‘quv muassasasi rahbariyatini o‘quvchilarga qo‘l ko‘tarishda ayblamoqda, deb xabar berdi Nuz.uz.
"Direktor va uning ikki o‘rinbosari talabalarni haqorat qilmoqda, ularni o‘qishga aloqasi bo‘lmagan ishlarni bajarishga majburlashmoqda va hattoki qo‘l ko‘tarishmoqda", - deya xabar beradi nashr.
Ota-onalarning ta'kidlashicha, ularning farzandlari kollejdan ba'zi joylari ko‘kargan holda qaytib keladi. O‘quvchilar tarsaki tushirish va gardanga urishlaridan shikoyat qilishgan.
Ayni damda ota-onalar barcha jabrlanganlar imzosini yig‘moqda va IIBBga ariza tayyorlashmoqda.
Avvalroq P.F.Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kollejining 1999 yilda tug‘ilgan, 17 yoshli talabasi Jasur Ibragimov o‘z kursdoshlari tomonidan kaltaklanib, olamdan o‘tdi.
Mavzuga oid
22:06 / 13.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi
09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi
07:30 / 21.04.2025
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi
22:28 / 16.04.2025