Moskva aeroportlarida 40 dan ortiq reys kechiktirildi
Moskva shahridagi Sheremetevo va Domodedovo aeroportlari juma kuni ob-havo noqulay kelishi natijasida 40 dan ortiq reyslarni kechiktirishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqida TASS agentligi favqulodda xizmatlar xodimiga asoslanib xabar qildi.
"Sheremetevo va Domodedovo aeroportlarida 42 reys kechiktirildi, kechikish 15-45 daqiqani tashkil qildi", - dedi agentlik suhbatdoshi. U Vnukovoda kechikishlar bo‘lgan yo bo‘lmaganiga aniqlik kiritmadi.
"Gidromedsentr" va FVV 30 iyun kuni 12:30 dan 03:00 gacha Moskva viloyati va shahrida vaqti-vaqti bilan kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq, do‘l kuzatilishi, kuchli shamol ko‘tarilishi to‘g‘risida ogohlantirgan edi.
Bundan avval Moskva shahri va viloyatida yuz bergan kuchli jala vaqtida uch kishi halok bo‘lgani va kamida besh inson jarohat olgani haqida xabar berildi.