Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjonda "O‘zbekistondagi kabi xushomadgo‘ylikni taqiqlash" taklif qilindi
Yagona Ozarboyjon xalq fronti muxolifat partiyasi deputati Gudrat Gasanguliyev qonun doirasida xushomadgo‘ylikni taqiqlashni taklif qildi. Vesti.Az shu haqida xabar berdi.
Deputat juma kuni Milliy Mejlis (parlament)da "Deputatlarning xulq-atvor etikasi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi muhokamasi davomida shunday tashabbus bilan chiqdi.
"Debatlar paytida deputat Gudrat Gasanguliyev deputatlarga xushomadgo‘ylikni taqiqlash taklifini kiritdi va O‘zbekistonda shunday qadam qo‘yilganini ma'lum qildi. Gasanguliyev shuningdek yuqori lavozimdagi kishilarga nisbatan ham shunday taqiqlov e'lon qilishga chaqirdi", - deyiladi xabarda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, parlament spikeri Oktay Asadov deputatning taklifiga shunday munosabat bildirgan: "Siz bizga xushomadgo‘ylikning qaysidir darajasini ko‘rsating, shunda biz bu taklifni ko‘rib chiqamiz".
Ozarboyjon parlamentida 125 deputat o‘rni bor. Yagona Ozarboyjon xalq fronti partiyasi qonunchilik organida birgina deputat bilan namoyon bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
21:12 / 07.05.2025
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi
21:04 / 02.05.2025