Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida o‘g‘ri xonadon egasi tomonidan ushlandi
2017 yilning 23 iyun kuni taxminan soat 15:00larda muqaddam sudlangan Anton Sobolev Sergeli tumanida yashovchi tanishi Pavel Nikolayevning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) xonadonida bo‘la turib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, 1.270.000 so‘mlik maishiy texnika vositalarini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan vaqtida, xonadon egasi tomonidan ushlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlikka suiqasd) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.

Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
16:42 / 14.05.2025
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan katta yong‘in o‘chirildi
10:02 / 10.04.2025
Toshkentda yong‘in chiqqan uyda ikki yigit pichoqlangani ma’lum bo‘ldi
10:51 / 08.04.2025