Jahon | 19:06 / 01.07.2017
6366
1 daqiqa o‘qiladi

Londonning Hitrou aeroportida terrorizmda gumonlanganlar qo‘lga olindi

Londonning Hitrou aeroportida politsiya terrorizmda gumonlangan ikki kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Uest-Midlends grafligi politsiyasi xabar bergan.

Erkaklar 1 iyul kuni ertalab, Turkiyadan uchib kelgan reysdan tushishlari bilan qo‘lga olingan. Ayni damda gumonlanuvchilar politsiya bo‘linmasida so‘roq qilinmoqda.

Ta'kidlanishicha, qo‘lga olinganlar jamiyat uchun tahdid tug‘dirmagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid