“Mard o‘g‘lonlar” Davlat mukofoti hamda “Kelajak bunyodkori” medali ta'sis etiladi
"Yurtimiz yoshlari o‘rtasida ilm-fan, ta'lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat, adabiyot va san'at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalarida, umuman, barcha jabhalarda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan azamat yigitlarimiz juda ko‘p. Ular o‘zining jismoniy va ma'naviy salohiyati, iste'dod va mahoratini namoyon etishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish borasida mamlakatimizda ko‘p ishlar qilinyapti va kelgusida ham ularni albatta davom ettiramiz", - dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 iyun kuni yoshlar bilan o‘tgan yig‘ilishda.
"Ayni vaqtda halol va samarali mehnati, ilmiy-ijodiy yutuqlari, Vatanga sadoqatli xizmati bilan barchaga o‘rnak bo‘layotgan mard o‘g‘lonlarimizni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish davlatimiz va jamiyatimizning e'tibor markazida bo‘lishi zarur, - davom etdi davlat rahbari. - Sizlarga ma'lumki, yurtimizda iqtidorli va faol qizlarimiz uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta'sis etilgan. Endi turli soha va tarmoqlarda katta natijalarga erishib kelayotgan yigitlar uchun “Mard o‘g‘lonlar” degan nom bilan Davlat mukofotini ta'sis etsak, nima deysizlar?
Shu bilan birga, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda, o‘qishda, mehnatda, jamoat ishlarida har tomonlama faol bo‘lgan yigit-qizlarimizni taqdirlash maqsadida “Kelajak bunyodkori” medalini ham ta'sis etish o‘rinli bo‘lur edi.
Nega deganda, har qanday yutuq, har qanday g‘alabaning zamirida avvalo mehnat va qat'iyat, mardlik va jasorat mujassam bo‘lib, el-yurt ravnaqi yo‘lidagi halol xizmat albatta o‘zining munosib bahosi va qadrini topishi kerak", - deya ta'kidladi O‘zbekiston Prezidenti.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Mavzuga oid

11:38 / 02.04.2025
O‘qotar qurolni ixtiyoriy topshirganlarga mukofot puli to‘lanadi

13:12 / 03.03.2025
Donorlarga beriladigan pul mukofoti miqdori oshirildi

14:18 / 03.02.2025
Diyora Keldiyorova xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan «Yil voqeiyligi» mukofotini qo‘lga kiritdi

13:45 / 29.01.2025