Jamiyat | 16:15 / 01.07.2017
8268
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yana bir fuqaro marixuana bilan ushlandi

2017 yilning 29 iyun kuni ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan Yakkasaroy tumani hududida o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida fuqaro Yugay Vladimir Petrovich og‘irligi 87,16 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Mavzuga oid