Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp kortejidagi mashinada muddati o‘tib ketgan raqamlar aniqlandi
Nemis jurnalistlari AQSh prezidenti Donald Tramp kortejidagi mashinalardan birida muddati o‘tib ketgan raqamlar taqib olinganini payqashdi. Mashina yaqinda AQShdan 7-8 iyul kunlari "Katta yigirmatalik" sammiti o‘tadigan Gamburg shahriga yetkazilgan va unga nemis mashina raqamlari o‘rnatib qo‘yilgan. Jurnalistlarning ta'kidlashicha, mashinaga AQShdagi doimiy raqamlar ustidan o‘rnatilgan bu vaqtinchalik diplomatik raqamlarning muddati o‘tib ketgan: raqamlar faqatgina 27 iyungacha amal qilgan.
Germaniya qonunlariga ko‘ra, bunday qoidabuzarlik uchun 50 yevro jarima ko‘zda tutilgan. Biroq nemis huquq-tartibot idoralari AQSh delegatsiyasi diplomatik immunitetga egaligi sababli bu masala bilan shug‘ullanishmaydi.
Shu bilan birga Tramp va unga hamrohlik qilayotgan shaxslar sammit vaqtida qayerda yashashlari noma'lumligicha qolmoqda. Avvalroq Oq uy egasi Gamburgdagi birorta ham mehmonxonani bronlab qo‘ymagani ma'lum qilingandi, vaholanki sammit o‘tadigan kunlarga shahardagi mehmonxonalardan birortasida bo‘sh joy qolmagan. Taxminlardan biriga ko‘ra, Tramp Berlinda joylashishi mumkin, biroq u holda unga Gamburgga kelish va ortga qaytish uchun yo‘lga bir necha soat ketkazishiga to‘g‘ri keladi.
Nemis nashrlari sammitning yana bir ishtirokchisi haqidagi qiziqarli ma'lumotlar bilan bo‘lishishmoqda. Hamburger Morgenpost nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud Germaniyaga oltin suv yugurtirilgan shaxsiy samolyot trapi bilan kelgan. Uning delegatsiyasi, shuningdek, Gamburgga bir nechta tuya olib keladi, chunki uyidan uzoqda bo‘lganda ham ratsionidan og‘ishishni istamaydigan qirol yangi sog‘ilgan tuya sutidan tayyorlangan taomlarni iste'mol qiladi.
Mavzuga oid
18:50 / 18.12.2023
Bayden kortejiga avtomobil urildi, AQSh prezidenti jabrlanmadi
15:25 / 26.05.2023
Germaniyada «begona» mashina Sholsning kortejiga suqilib kirib, aerodromga birga borgani aniqlandi
11:22 / 15.12.2022
Buxoroda to‘y kortejida yuk mashinalari qatnashdi
22:30 / 29.10.2021