Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alyaskada 11 yoshli bola otasi va amakisini ayiq hamlasidan qutqarib qoldi
AQShning Alyaskasida o‘rmon bo‘ylab sayr vaqtida 11 yoshli Elliot Klark katta yoshli qarindoshlarini ayiq hamlasidan qutqarib qoldi.
Associated Press axborot agentligining shtat politsiyasiga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, bolakay o‘rmonda otasi, amakisi va amakasining o‘g‘li bilan birga ketayotganda ular tomon ayiq yugurib chiqib, uning amakisiga hamla qilib qolgan.
Bolakay o‘zini yo‘qotib qo‘ymay, tezkorlik bilan harakat qilib, ayiqni nishonga olgan. U qo‘lidagi miltiqdan ayiqqa qarata bir nechta o‘q uzgan: u avval nishondan adashgan, biroq keyin ayiq yelkasi va burnini poylay olgan.

Bola otasining aytishicha, ularni o‘g‘li miltiqni yelkasida emas, qo‘lida olib ketayotgani qutqarib qolgan. Chunki bolaning amakisida ham miltiq bo‘lgan, biroq u miltiqni yelkasida olib yurgan va oqibatda o‘zini himoyalash uchun uni yelkasidan olishga ulgurolmay qolgan.
Mavzuga oid
00:50 / 05.04.2025
The Economist: Alyaskadagi orol aholisi Rossiya bosib olishidan xavotirlanib, rus tilini o‘rganmoqda
17:34 / 02.04.2025
AQSh Alyaskani Rossiyaga qaytarish istiqbollarini muhokama qilmoqda
23:36 / 26.03.2025
Alyaskada samolyot muzlagan ko‘l ustiga quladi. Uning ichida bo‘lgan oila 12 soatdan keyin qutqarildi
13:56 / 08.02.2025