Jahon | 00:40 / 02.07.2017
3914
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikadagi barlardan birida odamlar o‘qqa tutilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Meksikaning Chiuaua shtatidagi barlardan birida noma'lum kimsalar mijozlar va qo‘riqchilarga qarata o‘q uzishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, yana 3 kishi shifoxonaga olib borilgan. Jinoyatchilarga yo‘l politsiyasi xodimasi qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lgan, biroq u og‘ir jarohat olib, keyinroq shifoxonada vafot etgan. Politsiya ushbu hujumni tergov qila boshlagan.

Jinoyatning sabablari hali fosh qilinmagan, biroq OAVning fikricha, bunga narkokartellar aralashgan bo‘lishi mumkin. Ushbu shtatda joylashgan Syudad-Xuares shahri 2008 yildan 2010 yilgacha dunyodagi eng xavfli shahar hisoblangan. Bu yerda narkoto‘dalarning to‘qnashuvlari sababli kuniga 600 tagacha qotillik sodir etilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid