Arab davlatlari Qatarga yana 48 soat vaqt berishdi
Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Kuvaytning Qatarga ularning talablari bo‘yicha o‘z javobini berish muhlatini yana 48 soatga uzaytirish taklifiga rozi bo‘lishdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar bermoqda.
Avvalroq ma'lum qilingandek, Qatar Kuvaytga arab davlatlari talablari bo‘yicha o‘z qarorini 3 iyulda ma'lum qilmoqchi bo‘lgan, vaholanki javob berishning yakuniy muddati sifatida 2 iyul aytilgandi.
Ma'lum bo‘lishicha, 4 arab davlati tashqi ishlar vazirlari 5 iyulda Misrda vujudga kelgan vaziyatni muhokama qilishadi.
4 arab davlati yuzaga kelgan inqirozni hal qilish maqsadida Qatarga 13 ta shartdan iborat ro‘yxatni jo‘natgan. Kuvayt muzokaralarda vositachilik qilmoqda. Biroq Qatar hukumati taqdim qilingan shartlarni "nomaqbul" deb atab, ularni rad etgan.
Mavzuga oid
09:10 / 03.10.2024
O‘zbekistonliklar Qatarga ishga yuboriladi
10:40 / 13.09.2024
Qatar o‘zbekistonlik talabalar uchun ta’lim grantlari sonini ko‘paytirishi mumkin
12:16 / 10.09.2024
Saida Mirziyoyeva Qatarga tashrif buyurdi
09:10 / 18.07.2024