Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik harbiylar fillarni jangarilardan himoya qilish uchun Gabonga yuboriladi
Gabonga mahalliy fillarni kontrabandachilar va jangarilardan himoya qilish maqsadida britaniyalik harbiylar kontingenti joylashtiriladi. Bu haqda The Independent xabar tarqatdi.
Gabon hukumati so‘rovi bilan Afrikaga yo‘l olgan missiya tarkibida turli bo‘linmalar vakillari bo‘lgan 16 nafar jangchi bo‘ladi. Rejaga ko‘ra, ular mahalliy harbiylarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi.
Gabonlik harbiylar qurollardan foydalanish, tezkor amaliyotlar o‘tkazish va WhatsApp ishlatishga o‘rgatiladi.
Gabon hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, mintaqadagi kontarbandistlar IShID ta'siridagi «Boko Xaram» jangarilari bilan qalin aloqa o‘rnatgan. Ular minglab fillarn o‘ldirib, ularning suyagi savdosidan olingan mablag‘larni terrorchilik maqsadlariga yo‘naltirishadi. 2004 yildan 2014 yilgacha muddat davomida Gabondagi Minkebe milliy qo‘riqxonasida 25 ming fil o‘ldirilgan - bu mamlakatdagi jami fillarning 80 foizidir.
Mavzuga oid
22:08 / 20.02.2025
Shri-Lankada fillarni urib yuborgan poyezd relsdan chiqib ketdi
20:33 / 07.11.2024
Hindistonda uch kun ichida 10 ta fil nobud bo‘ldi
20:55 / 14.09.2024
Zimbabve qurg‘oqchilik tufayli 200 ta filni o‘ldiradi
18:22 / 02.10.2023