Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozodbek Nazarbekov: "Yoshlar" telekanalida tez orada katta o‘zgarishlar yuz beradi
Bugun, 3 iyul kuni Xalqaro Press klubning navbatdagi sessiyasi "O‘zbekistonda yoshlar siyosati: dolzarb masalalarga zamonaviy yondashuv" mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbir davomida 30 iyun kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV Qurultoyida ko‘tarilgan masalalar ham muhokama etildi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, jurnalistlar yaqinda "Yoshlar" telekanaliga rahbar etib tayinlangan O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti Ozodbek Nazarbekovga savollar yo‘llashdi. Jumladan, ular yaqin kelajakda "Yoshlar" telekanalining formatida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi bilan qiziqishdi.
"Insonni yaqindan bilmay turib, unga tosh otish - eng oson ish. Ancha yillardan beri, san'atshunos sifatida sohadagi kamchilik va yutuqlarni beixtiyor kuzatib kelaman. "Yoshlar" telekanalini juda katta o‘zgarishlar kutmoqda. Yaqin kunlarda yangi rejalar, loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilganmiz. Albatta, bu men uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Agarda yoshlar bilan ochiq-oydin, mavjud muammolar bo‘yicha uchrashuvlar, anjumanlar tashkil etilsa, bundan xursand bo‘lamiz va bevosita ishtirok etamiz", - dedi Ozodbek Nazarbekov.
Mavzuga oid
16:54 / 20.01.2025
O‘zbekiston telekanallari Turkmanistonda namoyish etiladi
21:27 / 24.12.2024
“Erkinlik berib yuborilgan joyda san’atkorlar hamma yerni rasvo qilyapti” – Ozodbek Nazarbekov
19:33 / 24.12.2024
“Davlatning kino sohasidan chiqib ketishiga hali vaqt bor” – Ozodbek Nazarbekov
16:45 / 13.12.2024