Jahon | 17:15 / 04.07.2017
6039
2 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston va Pokiston prezidentlari Dushanbeda uchrashadi

6 iyul kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida CASA-1000 loyihasi ishtirokchi davlatlari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkaziladi.

Dushanbedagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Pokiston bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif hamda Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani hamda Qirg‘iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov keladi.

Pokiston rahbari tashrifi rasmiy maqomda bo‘lib, u Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Uchrashuv haqida qo‘shimcha ma'lumotlar yaqin vaqtlar ichida ma'lum qilinadi.

CASA-1000 loyihasi 2016 yilning 12 mayida Tojikistonning Tursunzoda shahrida ishtirokchi davlatlar hukumat rahbarlari tomonidan ishga tushirilgandi. Bu loyiha 2020 yilga qadar to‘liq amalga oshirilishi belgilangan.

CASA-1000 loyihasi Tojikiston va Qirg‘izistondan Pokiston hamda Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni nazarda tutadi. Ushbu loyiha uchun 1,17 mlrd dollar sarflanishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo energetikasida tutgan o‘rni Qozog‘istonga o‘tadimi?

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid