Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada 1,6 mln bemorning ma'lumotlari noqonuniy ravishda Google’ga berilgan
Britaniyaning ICO axborot regulyatori Britaniya milliy sog‘liqni saqlash tizimi jamg‘armasi NHS rahbariyati Google’ga tegishli DeepMind kompaniyasiga taxminan 1,6 mln bemor haqidagi ma'lumotlarni taqdim qilganda qonunlarni buzgan, degan xulosaga keldi.
Ma'lum qilinishicha, ma'lumotlar o‘tkir buyrak yetishmasligini aniqlash va tashxislash tizimini sinovdan o‘tkazish uchun taqdim qilingan.
"ICO taftishi ma'lumotlar bilan ishlashda ba'zi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganini ko‘rsatdi, jumladan bemorlar ularning ma'lumotlari sinovlar uchun qo‘llanishidan xabardor etilmaganlar", deyilgan xabarda. Kompaniya vakillaridan kamchiliklarni qonunchilikka mos ravishda to‘g‘rilash so‘ralgan.
DeepMind kompaniyasi 2014 yildan Google’ga tegishli bo‘lib, sun'iy ongni rivojlantirish bilan shug‘ullanib keladi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
09:55 / 15.05.2025