Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zneftgazqurilishinvest» tugatildi, qator tashkilotlarning nomi o‘zgardi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 30 iyun kuni imzolangan neft va gaz sanoatining boshqaruv tizimini takomillashtirish borasidagi qarori asosida «O‘zneftgazqurilishinvest» aksiyadorlik kompaniyasi faoliyati to‘xtatildi.
«O‘zgazinjiniring» MChJ «Neftgazqurilish» MChJga o‘zgartirilib, unga «O‘zbekneftgaz» va uning aksionerlik jamiyatlari tarkibiga kiruvchi qurilish-montaj tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.
Hujjatga ko‘ra, «O‘zbekneftgaz» MXK, «O‘zneftgazqazibolish» AK, «O‘ztransgaz» AK, «O‘zneftmahsulot» AK hamda «O‘zneftgazmash» nomlari aksiyadorlik jamiyati nomiga o‘zgartirildi. «O‘zgeoburneftgaz»ning nomi esa «O‘zburneftgaz» AJga o‘zgargan.
«O‘zbekneftgaz» tarkibida zamonaviy va sifatli geologiya-qidiruv ishlarini xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini jalb qilgan holda amalga oshiruvchi, uglevodorod xom ashyo zahirasining ortishini ta'minlash va yangi konlarini ochish, ularni qayta ishlash va tayyorlash uchun «O‘zneftgazqazibolish» tashkilotlariga taqdim etuvchi «O‘zneftgazgeologiya» MChJ tashkil etiladi.
Bundan tashqari, «O‘zbekneftgaz» va uning aksionerlik jamiyatlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishga ixtisoslashgan «Neftgazeksport» MChJ tashkil etildi.
Bundan avvalroq ushbu qaror asosida «O‘zbekneftgaz» 12 ming xodimni ishdan bo‘shatishi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:41 / 27.05.2025
Sog‘liqni saqlash sohasining yangi modeli qanday joriy etiladi?
14:40 / 26.05.2025
Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligi oshiriladi
18:47 / 04.12.2024
Dramaturglar uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy, yosh rejissyorlar uchun Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofotlar ta’sis etiladi
20:12 / 08.04.2024