Jahon | 00:38 / 04.07.2017
9107
1 daqiqa o‘qiladi

Zimbabve prezidenti chorvasini sotib, pullarni Afrika ittifoqiga xayriya qildi

Zimbabve prezidenti, 93 yoshli Robert Mugabe Afrika ittifoqiga million dollar xayriya qilish maqsadida o‘ziga tegishli zotli chorvani sotdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Mugabe bu haqda 3 iyulda ochilgan Afrika ittifoqi sammitida ma'lum qildi. 

"Afrikalik va fermer ekanligim sababli, men uchun chorvani qurbon qilish tabiiy holdir: bizning qit'a u bilan boy va chorva boylik to‘plash vositasi hisoblanadi", deb aytdi mamlakatni 1980 yildan beri boshqarib keluvchi Mugabe.  

Afrika ittifoqi vakili Mugabe dastlab tashkilotga sigirlarni o‘zini taklif qilganini, biroq ularni Addis-Abebedagi bosh qarorgohda saqlashda muammolar paydo bo‘lishi sababli 300 boshdan iborat podani auksion orqali sotganini ma'lum qildi.

Mavzuga oid