Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:37 / 05.07.2017
8833
2 daqiqa o‘qiladi
Afg‘oniston muammosi bo‘yicha muzokaralar ushbu mamlakatning o‘zida tashkil etilishi kerak

Xalqaro Press-klubda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va dunyoning 47 mamlakatidagi elchixonalari vakillari ishtirokida jonli muloqoti bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar qilingan edi. Jonli muloqot chog‘ida Abdulaziz Komilov Afg‘oniston mavzusiga to‘xtaldi va ushbu jafokash mamlakatda bir necha yillardan beri davom etib kelayotgan inqirozli vaziyat yuzasidan fikr bildirdi va qator takliflarni ilgari surdi. Unga ko‘ra,
- Afg‘oniston bo‘yicha barcha tomonlar bilan birgalikda maxsus dastur ishlab chiqish zarur.
- “Tolibon” harakati va Afg‘oniston hukumati o‘zaro muzokaralarni olib borishiga shart-sharoit barpo qilish kerak.
- Tashqi manfaatdor tomonlar ushbu davlat ichki ishlariga aralashmasdan yoki o‘z shartlarini ilgari surmasdan muzokaralar o‘tkazish imkonini berishlari kerak.
- Afg‘oniston muammosi bo‘yicha har qanday muzokaralar ushbu mamlakatning o‘zida tashkil etilishi lozim.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025