Xitoyda panda ko‘rinishidagi quyosh elektrostansiyasi qurildi
Xitoyda panda ko‘rinishidagi quyosh elektrostansiyasi qurildi. Uning yaratuvchilari g‘oyasiga ko‘ra, bunday elektrostansiyalardan butun dunyo bo‘ylab ko‘plab barpo etiladi.
Elektrostansiya Xitoy shimolidagi Shansi viloyatida joylashgan, uning quvvati 50 MVt ni tashkil qiladi. Taxmin qilinishicha, Panda Green Energy loyihasi yakunlanganda, uning quvvati 2 marotaba oshadi.
Panda Green Energy bosh direktorining aytishicha, elektrostansiya tashqi ko‘rinishining noodatiyligi yosh xitoyliklarni ilhomlantirishi va ularni quyosh energiyasini ishlatish masalalariga qiziqtirishi hamda sayyohlarni jalb qilishi mumkin. Elektrostansiyadagi asosan maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan yoshlar faolligi markazi quyosh energiyasining ustunliklari haqida batafsil ma'lumot beradi.
Loyiha BMTning taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Kompaniya panda ko‘rinishidagi elektrostansiyalarni Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyoning boshqa davlatlarida ham barpo etmoqchi. Bundan tashqari, u mahalliy faunaning boshqa vakillari – koala va karkidondan ilhomlanib, ular ko‘rinishidagi boshqa loyihalarni ham ishlab chiqdi.
Mavzuga oid
19:28 / 16.08.2024
Hongkongda keksa gigant panda ilk bor ona bo‘ldi, u egizaklarni dunyoga keltirdi
23:17 / 31.05.2024
Xitoy o‘z pandalarini AQShga qaytaradi
17:51 / 30.01.2024
Kuchli shamol Surxondaryoda qurilayotgan quyosh elektr stansiyasining panellarini qulatdi
23:19 / 29.09.2023