Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV Londonda yashovchi o‘zbekistonliklarga milliy maktab ochishda ko‘maklashadi
5 iyul kuni Xalqaro Press-klubda O‘zbekiston Respublikasi tarixida ilk marotaba Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan jonli efirda muloqot tashkil etildi. Tashqi ishlar mahkamasining rahbari fuqarolar hamda OAV vakillari tomonidan yo‘llangan savollarga qariyb uch soat vaqt davomida javob berdi.
Muloqot vaqtida xorijda yashovchi O‘zbekiston fuqarolari ham o‘z savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Mana shunday takliflardan biri Londonda istiqomat qiluvchi Otabek ismli hamyurtimiz tomonidan yo‘llandi:
“Londonda yashovchi bir guruh o‘zbekistonlik ota-onalar uchun farzandlari shanba kuni ishlaydigan O‘zbek maktabini tashkil qilish arafasida. Bu yerda bolalar asosan ingliz maktablarida tahsil olishadi. Shuning uchun, biz Tashqi ishlar vazirligidan farzandlarimizga o‘zbek tilini o‘rgatib boruvchi maktab uchun kerakli darslik va qo‘llanmalarni taqdim etishlari, shuningdek, boshqa moddiy yordam ham ko‘rsatishlarini so‘rab qolamiz”.
Ushbu murojaatga Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov quyidagicha javob berdi:
“Bu tashabbus uchun sizga minnatdorchilik bildiraman. O‘zbekiston TIV albatta, bu masalada o‘z yordamini beradi. TIV strukturasida Xalqaro madaniy aloqalar bo‘yicha maxsus boshqarma mavjud. Biz mazkur boshqarma orqali siz bilan muloqotda bo‘lamiz. Kerakli tashkilotlar, idoralarga murojaat qilib, sizga bu masalada har tomonlama ko‘mak berishga harakat qilamiz. Yana bir boshlangan ishingizni amalga oshirishingizda muvaffaqiyat tilayman”.
Eslatib o‘tamiz, mazkur jonli muloqotda O‘zbekiston Respublikasining 47 xorijiy mamlakatdagi elchixonalari rahbarlari ham onlayn videokonferensiya vositasida ishtirok etdi.
Mavzuga oid
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi
21:50 / 23.04.2025