Fan-texnika | 08:54 / 05.07.2017
5751
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Xitoyda WannaCry kompyuter virusiga o‘xshash ta'magir dastur aniqlandi

Foto: Getty Images

Yaqinda dunyo bo‘ylab keng tarqalgan va katta zarar yetkazgan WannaCry virusiga o‘xshash kompyuter ta'magir virusi Xitoyda aniqlandi. Bu haqda CGTN telekanali Cheetah Mobile mobil ilovalar ishlab chiqaruvchisiga asoslangan holda xabar qilmoqda

Green Hat deb nomlangan virus foydalanuvchiga dasturiy ta'minotni ishga tushirishga imkon bermaydi, Ishga tushirishga urinilsa, Xitoydagi mashhur QQ messenjeridagi abonent raqami chiqadi.

Virus kompyuter yoki smartfondagi fayllarni ochish uchun maxsus parolni kiritishni talab qiladi. Parolni olish uchun ta'magir bilan QQ akkaunti orqali bog‘lanib, ma'lum bir mablag‘ni to‘lash talab etiladi. Shu bilan birga, so‘ralayotgan pul miqdoriga oydinlik kiritilmagan. 

Cheetah Mobile xodimi Li Tetszyunning qayd etishicha, virusning boshqalaridan farqi shundaki, ishlab chiqaruvchilar maxfiylikni chetga surib qo‘yishgan va QQ messenjeridagi akkauntlarini e'lon qilishgan.

"Vahimaga o‘rin yo‘q. Yangi virus Xitoyda keng tarqalgani yo‘q. Foydalanuvchilar shunchaki viruslarga qarshi dasturlarini yangilab olishlari talab etiladi",- degan Lyu Tetszyuan.

12 may kuni WannaCry virusining dunyo bo‘ylab ommaviy hujumi 150 mamlakatdagi 200 ming foydalanuvchiga ziyon yetkazgan edi. 

Mavzuga oid