Jahon | 19:42 / 05.07.2017
22999
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya samolyotlari Suriyada jangarilar ustiga qanotli raketalar tashladi

Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi

Rossiyaning Tu-95MS strategik raketa tashuvchi samolyotlari Suriyadagi Hama va Homs viloyatlari hududidagi IShID jangarilari obektlariga zarbalar yo‘lladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Bu hujum natijasida terrorchilarning 3ta yirik omborxonasi hamda Akerbat shahridagi boshqaruv punkti yo‘q qilingan. Samolyotlar nishonlarga X-101 rusumli qanotli raketalar yo‘llagan. Bunday qurol nishonni butunlay yo‘q qila oladi.

Qayd etilishicha, amaliyotda ishtirok etgan samolyotlar Engels aerodromidan uchgan. Ularni Hmeymim aerodromidan ko‘tarilgan Su-30SM va Su-35S qiruvchi samolyotlari qo‘riqlagan.

X-101 – Rossiyaning yangi strategik qanotli raketasi bo‘lib, nishonni 4,5 ming kilometrdan ham yo‘q qila oladi.

Suriyada ruslar X-101 raketalarini ilk bor 2015 yilning noyabrida qo‘llagandi. Tu-95MS samolyotida bunday raketalardan 8ta bo‘ladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid