Jahon | 08:15 / 06.07.2017
13249
2 daqiqa o‘qiladi

Arab davlatlari ligasi arab davlatlari parchalanishiga qarshi chiqmoqda

Foto:towardsunity.org

Arab davlatlari ligasi (ADL) istalgan arab davlatlari, jumladan Yamanning parchalanishiga qarshi chiqmoqda. Bu haqda tashkilotning bosh kotibi Ahmad Abulgayt RIA “Novosti” axborot agentligiga ma'lum qildi. 

"Biz arab davlatlaridagi parchalanishni aniq qo‘llab-quvvatlamaymiz", deb javob bergan bosh kotib Janubiy Yamandagi ayirmachilik haqidagi savolga. Bu yerda bir yil avval mahalliy siyosatchilar mustaqil siyosiy kengash yaratilganini e'lon qilishgandi.

Abulgaytning aytishicha, shu sababli ADL G‘azodagi hukumat va Iordan daryosining G‘arbiy sohili ma'muriyatidagi falastin parchalanishini ham qo‘llab-quvvatlamaydi. Uning ta'kidlashicha, tashkilot Iroq Kurdistonidagi referendum borasida ham xavotirlanmoqda.

"Qo‘shni davlatlar xavotirlanmoqdalar va biz ADL tomondan bunday referendum umumiy konsensus sharoitida o‘tishini istardik. Umid qilamizki, bizning Kurdistondagi birodarlarimiz va kurd rahbariyati bunday referendum natijalari o‘z ortidan olib keladigan oqibatlarni chuqur anglab yetadilar", deb aytdi ADL bosh kotibi va bu natija nafaqat Iroqqa, balki Suriya, Eron va Turkiyaga ham ta'sir qilishini qo‘shimcha qildi. 

Muxtor Iroq Kurdistoni hukumati 25 sentabrda muxtoriyatning mustaqilligi bo‘yicha referendum o‘tkazmoqchi.

Mavzuga oid