Sport | 15:04 / 06.07.2017
17105
1 daqiqa o‘qiladi

«Bunyodkor» yangi futbolchi transferini tasdiqladi

Toshkentning «Bunyodkor» klubi bungacha «Obod» klubi safida to‘p surgan Shohruz Norxonov bilan shartnoma imzolanganini rasman tasdiqladi. Bu haqda Tribuna.uz yozmoqda.

Manbaga bergan xabarga ko‘ra «Bunyodkor» va Shohruz Norxonov o‘rtasida uch yarim yillik bitim imzolangan.

24 yoshli hujumchi «Bunyodkor»ga erkin agent maqomida yo‘l oldi. Eslatib o‘tamiz, «Obod» klubi o‘z faoliyatini to‘xtatishi sabab, barcha futbolchilarga erkin agent maqomini bergandi.

Norxonov O‘zbekiston chempionatining 2016 va 2017 yilgi mavsumlarida jami bo‘lib, «Obod» safida 43 uchrashuvda maydonga tushib, 17ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgandi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid