Jahon | 15:50 / 06.07.2017
23967
3 daqiqa o‘qiladi

Kun sanasi: Nursulton Nazarboyev 77 yoshga to‘ldi

Bugun, 6 iyul kuni Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev tavallud ayyomini nishonlamoqda. Tengrinews shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi

77 yil avval xuddi shu kuni Chemolgan qishlog‘ida Abish va Aljan Nazarboyevlar oilasida uzoq kutilgan o‘g‘il farzand dunyoga kelgan. 

"Farzand tug‘ilgan kuni qarindosh-urug‘lar turli ismlarni taklif qilishgan. Oxir-oqibat bolaning buvisi o‘zining yakuniy qarorini aytgan: "Nevaram bir vaqtning o‘zida ikki ism egasi bo‘lsin - Nur va Sulton, uning ismi Nursulton bo‘lsin". - Davlat rahbarining shaxsiy sahifasida shunday ma'lumotlar taqdim etilgan. 

Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonni mustaqil davlat sifatidagi birinchi kunlaridanoq boshqarib keladi. U 1991 yil 1 dekabrda saylovchilarning 98,7 foiz ovoziga ega bo‘lib, Prezident sifatida e'lon qilingan.

Davlat rahbarining 2015 yil 26 aprelda bo‘lib o‘tgan so‘nggi navbatdan tashqari saylovlarida amaldagi prezident yana bir bor g‘olib bo‘ldi. 

Nursulton Nazarboyevning lavozimlari: Qozog‘iston Respublikasining birinchi  prezidenti (Millat otasi), QR Qurolli kuchlar oliy bosh qo‘mondoni, Qozog‘iston xalq assambleyasi raisi, "Nur otan" partiyasi raisi, Jahon qozoqlar assotsiatsiyasi, QR Xavfsizlik kengashi raisi, QR prezidenti huzuridagi Xorijiy sarmoyachilar kengashi raisi,  Ishbilarmonlar kengashi raisi, Milliy fond boshqaruvi kengashi raisi, Arxitektura kengashi raisi, Nazarboyev Universiteti Oliy vasiylik kengashi raisi.

Nursulton Nazarboyev qator kitoblar va maqolalar muallifidir. U ko‘plab sovet, qozoq va xorijiy orden hamda medallar bilan mukofotlangan. 

Davlat rahbari rasmiy lavozimlaridan tashqari, qator ilmiy unvon va maqomlarga ham ega. Nazarboyev Kembrij universitetining (Buyuk Britaniya) nufuzli professori, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining nufuzli doktori hisoblanadi. Shuningdek Nursulton Nazarboyev - "Yevroosiyo olimlar iqtisodiy klubi" assotsiatsiyasining nufuzli prezidenti. 

Nazarboyev Qozog‘istonning yangi poytaxti tashabbuskoridir. 1998 yilning 6 mayida Prezident Farmoniga ko‘ra, Oqmo‘la Ostona deya qayta nomlandi. Poytaxtning rasmiy ko‘chishi 1997 yilning dekabrida amalga oshdi. 

Joriy yilda Ostona 19 yoshga to‘ldi. 

Ostona Xalqaro aeroporti rasman Qozog‘iston davlat rahbari sharafiga nomlangan. Shuningdek universitetlardan biri ham Nazarboyev nomini olgan.

Mavzuga oid