Jahon | 00:33 / 06.07.2017
18840
1 daqiqa o‘qiladi

Kuvaytda yuk mashinasi issiqlikdan erib ketgan asfaltga botib qoldi

Kuvaytda havo harorati 49 gradusgacha qizidi. Issiq havo sababli yuk mashinalaridan biri orqa g‘ildiragi bilan issiqdan erib ketgan asfaltga botib qolgan, deb xabar bermoqda Al Arabiya telekanali. 

Ta'kidlanishicha, noodatiy issiq havo tufayli hukumat vafot etganlarning janozalarini kechki vaqt o‘qishga ruxsatni sentabrgacha uzaytirishga ruxsat berdi. Shu chora marhumlarni dafn qilishga ham tegishlidir. Ba'zi odamlar kunduzi issiq tufayli dafn marosimida ishtirok eta olmayotganlaridan shikoyat qilmoqdalar. 

Mavzuga oid