Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya banki dollar kursini 60 rubldan oshirdi
Rossiya banki tomondan dollarning 7 iyulga o‘rnatilgan rasmiy kursi 60,25 rublni tashkil qilmoqda. Kurs 60 tiyindan ko‘proqqa oshirilgan. Yevro esa 71 tiyinga oshirilib, 68,38 rublni tashkil qilgan.
Moskva birjasida dollar mahalliy vaqt bilan soat 14:20da 60,07 rubl, yevro esa 68,28 rubl turgan.
Rubl neft narxi o‘zgarishi ortida kuchsizlanmoqda. Brent navidagi neft narxi 48,55 dollarni tashkil qilmoqda, 5 iyulda savdolar boshlanishi vaqtida uning narxi 49,73 dollar turgan.
6 iyulda Bank of America Merrill Lynch bankining Rossiya bo‘yicha bosh iqtisodiyotchisi Vladimir Osakovskiy 2017 yil oxiriga kelib dollar 60 rublni, yevro 65 rublni tashkil qilishini aytgan.
2 kun avval esa Rayffayzenbank 3-chorak oxirida dollar kursi 65 rublgacha oshishi haqidagi prognozni chiqargan. "Tserix Kepital Menedjment" ham kuzga kelib dollar 62-65 rublgacha qimmatlashishi mumkinligini aytgan.
Mavzuga oid
22:31 / 28.04.2025
BRICS yangi valuta yaratishni rejalashtirmayapti
10:11 / 20.03.2025
DXX 1,2 mln dollarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘ydi
10:09 / 11.03.2025
195 ming qalbaki dollarning muomalaga kiritilishi oldi olindi
16:55 / 20.02.2025