Fan-texnika | 19:30 / 06.07.2017
9725
2 daqiqa o‘qiladi

Volvo egasi uchar avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyani sotib oldi

Foto: motor.ru

Volvo markasiga egalik qiluvchi Xitoyning Geely konserni AQShning uchar avtomobil ishlab chiqaruvchi Terrafugia kompaniyasini sotib oldi. Bu haqda The Detroit Bureau nashri xabar bermoqda

Ayni vaqtda dunyoda ko‘plab kompaniyalar uchar avtomobillar yaratish bilan shug‘ullanadi. Ular orasida Slovakiyaning AeroMobil va Germaniyaning Carplane kabi startaplari bilan birgalikda, Airbus, Toyota va Uber kabi yirik kompaniyalar bor. 

Biroq aynan Terrafugia uchar avtomobil yaratishda hammadan ko‘proq oldinlab ketishga muvaffaq bo‘lgan taniqli kompaniyalardan biri hisoblanadi. Firma AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasining yengil sport samolyotlari sifatida parvozlar amalga oshirishga ruxsatini olishga muvaffaq bo‘lgan.  

Hozir kompaniya Terrafugia TF-X uchar avtomobili ustida ishlamoqda. Bu avtomobilda 4 ta o‘rindiq, vertikal uchish imkoniyati, yig‘iluvchi qanotlar, inson ishtirokisiz favqulodda qo‘nish funksiyasiga ega avtopilot va texnik nosozliklar vaqtida xavfsiz qo‘nish uchun parashyutlar tizimi bo‘ladi.

Taxmin qilinishicha, mashinaning ilk ishchi prototiplari 2019 yilda uchishni boshlaydi. Uning seriyali varianti esa bundan bir necha yildan keyin paydo bo‘ladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, uchar avtomobilning narxi 300-400 dollarni tashkil qiladi. 

Mavzuga oid