Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arab "to‘rtligi" vositachilik choralarini barbod qilishda Qatarni aybladi
Misr, Saudiya Arabistoni, BAA va Bahrayn Qatarni ushbu davlatlar bilan munosabatlarda yuzaga kelgan inqirozni bartaraf etishdagi vositachilik urinishlarini buzganlikda aybladi. Bu haqda arab "to‘rtligi"ning qo‘shma bayonotida so‘z yuritilgan.
"Qatar hukumatining o‘jarligi, uning to‘rt arab davlati talablarini bajarishdan bosh tortishi uning terrorchilik tashkilotlari bilan aloqasi darajasini, Fors ko‘rfazi va Yaqin Sharq mintaqasidagi xavfsizlik va barqarorlikka rahna solib, uni buzishga intilayotganini isbotlaydi", — deyiladi MeNA agentligi e'lon qilgan bayonotda.
Arab davlatlari Qatarning barcha talablarni rad etganidan o‘z taajjublarini izhor qilishdi. Ularning fikricha, rasmiy Doxa Kuvaytning vositachilik sa'y-harakatlari barbod bo‘lishi uchun barcha choralarni ko‘rishgan. "Qatar hukumati mojaroni hal etish uchun barcha diplomatik choralarni yo‘qqa chiqarishga urindi", — deyiladi hujjatda.
Xususan, arab "kvartet"i fikricha, Qatar ularning talablari OAVga sizib chiqishiga yo‘l qo‘ygan. Bu esa, vositachilik harakatlarining barbod bo‘lishiga olib kelgan.
Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr iyun oyi boshlarida Doxa bilan diplomatik munosabatlarni uzgan va Qatar bilan har qanday aloqalarni to‘xtatgan edi. Ular Doxani terrorizmni qo‘llab-quvvatlash va o‘zlarining ichki ishlariga aralashishda ayblashdi.
Keyinroq, arab mamlakatlari Qatarga 13 banddan iborat ultimatumni ilgari surdi va Doxani 10 kun ichida qo‘shnilar talablariga rozi bo‘lishni talab qilishdi.
Qatar arab qo‘shnilarining ayblovlarini rad etib, ilgari surilgan talablar haqiqatga mos kelmasligi sababli bajarib bo‘lmasligini ta'kidlamoqda.
Mavzuga oid
07:50 / 22.05.2025
Pentagon Qatar tomonidan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi
11:45 / 15.05.2025
Tramp Qatarda nima qildi: milliardlik bitimlar, hashamat va AQSh prezidenti oilasining shaxsiy manfaatlari
11:30 / 12.05.2025
Tramp ma’muriyati Qatardan «uchar saroy» oladi
10:14 / 02.05.2025