Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel Putinni iliq qarshiladi
Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiya prezidenti Vladimir Putinni yuzida tabassum bilan kutib oldi.
"Merkel – bu marosimning samimiy mezboni, u Putinni yuzida tabassum bilan kutib oldi va shundan keyin ular sammitning boshqa ishtirokchilari bilan birga suratga tushish uchun o‘zlariga belgilangan joylarga ketishdi", — deya vaziyatga baho bergan Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Marosim vaqtida Merkel xonim kulgancha Putinga iliq qabul so‘zlarini bildirgan va ular bir-birlarining qo‘lini siqqan holda suratga tushishgan.


Peskovning so‘zlariga ko‘ra, endilikda davlat rahbarlari terrorizmga qarshi kurashishdagi hamkorlik masalasini muhokama qilishadi.
Shundan keyin sammit ishtirokchilarining birinchi ishchi yig‘ilishi boshlanadi. Unda iqtisodiy masalalar muhokama etiladi.
G20 sammiti Hamburg shahrida 7-8 iyul kunlarida bo‘lib o‘tmoqda. Rossiya rahbari sammit doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi, shuningdek, Turkiya, Yaponiya, Avstraliya va Fransiya rahbarlari bilan uchrashuvlar belgilangan.