Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek futboli yulduzlaridan biri «Lokomotiv»da ish boshladi
Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi murabbiylar shtabida yana bir mutaxassis ish boshladi. Klub matbuot xizmati xabar berishicha, Andrey Fyodorov «temiryo‘lchilar» klubi murabbiylar shtabiga qo‘shilgan.

«Yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilaridan biri, Osiyo o‘yinlari-1994 g‘olibi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida ko‘rsatgan ishonchli o‘yinlari bilan futbol jamoatchiligida nom qozongan Andrey Fyodorov endilikda «Lokomotiv» jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat olib boradi. 46 yoshli Fyodorov jamoamizda bosh murabbiy yordamchisi sifatida mehnat qiladigan bo‘ldi», deyilgan xabarda.
Fyodorovning oxirgi ish joyi Farg‘onaning «Neftchi» klubi bo‘lgandi.
Mavzuga oid
20:17 / 03.08.2023
Tomoshabinlar antirekordi qayd etilgan OKMK – «Lokomotiv» o‘yinidan fotojamlanma
16:59 / 25.11.2022
«Turon» Superligaga yo‘llanma oldi, «Lokomotiv» Pro ligaga ravona bo‘ldi
16:52 / 29.10.2022
Toshkent hal qiladi: Chempionlik 21 yil o‘tib, poytaxtdan tashqariga chiqadimi?
18:04 / 20.10.2022