Sport | 23:14 / 09.07.2017
10368
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoydagi «o‘zbekcha derbi» Anzur Ismoilov jamoasi Odil Ahmedov jamoadoshlaridan ustun keldi

Xitoy superligasining 16-turidan o‘rin olgan uchrashuvda o‘ziga xos o‘zbekcha «derbi» kuzatildi. Unda Anzur Ismolilov to‘p surayotgan «Changchun Yatay» klubi Odil Ahmedov to‘p surayotgan «Shanghay SIPG» jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Asosiy yulduzlari Oskar va Halksiz o‘ynagan «Shanghay» bu uchrashuvda 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasining har ikkala futbolchisi ham 90 daqiqa davomida harakat qildi.

Xitoy Superligasi, 16-tur

«Changchun Yatay» – «Shanghay SIPG» 4:2 (3:0)

Gollar: Sabolch Husti (22, penalti), Jiyang Je (26), Tan Long (29), Igalo (58) – Chjang Syaofey (54,avtogol), Li Shenglong (66).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid