Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Kasperskiy laboratoriyasi» bank kartalaridagi ma'lumotlarni o‘g‘irlaydigan virusni aniqladi
«Kasperskiy laboratoriyasi» mutaxassislari POS-terminallarga hujum qiluvchi va bank kartalari ma'lumotlarini o‘g‘irlovchi Neutrino «troyan»i modifikatsiyasini aniqlashdi.
«Bizning mamlakatga (Rossiya) bu zararli dasturning barcha hujumlarining chorak qismi to‘g‘ri keladi. Neutrino ta'sir doirasiga Jazoir, Qozog‘iston, Ukraina va Misr ham tushgan. Barcha urinishlarning 10 foizga yaqini kichik biznes korxonalariga zarar yetkazgan», deyilgan xabarda.
Laboratoriya ma'lumotiga ko‘ra, Neutrino POS-terminallar uchun — noodatiy virus dasturi versiyasidir. Bunday virus tadqiqotchilarga ma'lum va bir necha marta tarqalish metodlari hamda funksiyalarini o‘zgartirgan. Bu safar troyan zararlangan terminallar orqali bank kartalariga tushmoqda.
Shu bilan birgalikda Neutrino darhol ma'lumot yig‘ishga kirishmaydi. POS-terminali tizimiga tushgach, troyan biroz vaqt kutadi. Ekspertlarning taxmin qilishicha, bu orqali u himoya mexanizmini aylanib o‘tishga harakat qiladi.
Mavzuga oid
20:32 / 07.03.2025
Telegram ilovasida xavfli zaiflik aniqlandi
21:16 / 04.02.2025
iPhone smartfonlarida birinchi marta troyan-virus aniqlandi
09:33 / 16.01.2025
Germaniyada chorva mollari orasida xavfli infeksiya tarqaldi. Ko‘plab mamlakatlar go‘sht importini taqiqladi
18:11 / 11.12.2024