Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Matbuot Chechenistondagi ommaviy qatl haqida xabar tarqatdi
«Novaya gazeta» nashri 2017 yilning 26 yanvariga o‘tar kechasi Chechenistonda «sudsiz qatl qilishlar» uyushtirilgani, kamida 27 kishi o‘ldirib yuborilgani haqida xabar tarqatdi. Xabarda aytilishicha, bu odamlar turli vaqtlarda turli sabablarga ko‘ra ushlangandi.
Bu kishilarning barchasi ommaviy sudsiz qatl qurboni bo‘lishgan.
Xabarlarda aytilishicha, o‘ldirilganlarning aksari 2016 yilning 18 dekabridagi voqealardan keyin (o‘shanda politsiya patruliga hujum ro‘y bergandi) respublikada olib borilgan ommaviy tergov harakatlari davomida ushlangan. Qo‘lga olish amaliyotlari 2017 yilning yanvarida ham davom etgan. Qo‘lga olinganlar rasman ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, ularga rasman ayblovlar ilgari surilmagan. Mahbuslar yerto‘lalarda saqlangan.
2017 yil fevralida qo‘lga olinganlarning bir necha nafariga qurol savdosidagi yoki noqonuniy harbiy amaliyotlardagi ishtiroki uchun rasman ayb qo‘yilgan.
Operatsiyalar davomida politsiya 200ga yaqin kishini qo‘lga olgan.
26 yanvarga o‘tar kechasi qo‘lga olinganlar Axmat-Hoji Qodirov nomidagi politsiya polkining dislokatsiya hududida ommaviy qatl uyushtirilgan. Qarorni kim qabul qilgani va qatl qanday sharoitlarda amalga oshirilgani materialda keltirilmagan.
«Novaya gazeta» qurbonlarning ismlari va boshqa ma'lumotlarni e'lon qilgan, shuningdek, qurbonlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkinligi — bu miqdor 57 kishini tashkil etishi ham mumkinligini yozgan.
Manbaning yozishicha, qurbonlarning barchasi respublika rahbari Ramzon Qodirov tug‘ilib o‘sgan qishloqqa qilingan hujumga aloqador bo‘lgani uchun o‘ldirilgan. Otib tashlanganlarning barchasi umumiy qabrga ko‘milgan.
Tsentaroy qishlog‘iga hujum 2010 yil avgustida amalga oshirilgandi. O‘shanda huquq-tartibot organlari xodimlari hujum qilganlarning 12 nafarini yo‘q qilgandi.
O‘tgan yil dekabrida Grozniyda hukumat kuchlari yirik maxsus amaliyot o‘tkazgan, o‘shanda ikki kun davomida IShIDga aloqadorligi gumon qilingan guruhga qarshi kurashgan, amaliyotlar davomida 7 kishi o‘ldirilgan, 4 kishi, jumladan jarohatlangan 18 yoshli qiz qo‘lga olingan.
O‘z navbatida Chechenistonning milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Jambulat Umarov «Novaya gazeta» nashrining respublikada amalga oshirilgan ommaviy qatllar haqidagi surishtiruvini yolg‘on deb atadi.
«Siz aytayotgan maqola — Yelena Milashina xonimning («Novaya gazeta» muxbiri) nosog‘lom xayolotining yana bir mahsulidir. U shunday davom etmoqchi ko‘rinadi. Mayli, bu uning ishi.
Bu mavzuni (gomoseksualizm) qayta-qayta yozishlari dahshatli. Ko‘rinishidan, Milashina va uning hamkasblari shu qadar fantaziyaga kambag‘allashib qoldiki, o‘zlari muallifi bo‘lgan janjallarga yana qaytmoqda», — degan Umarov.
Ramzon Qodirov va uning matbuot kotibi Alvi Karimov hozircha bu xabarlarga munosabat bildirmadi.
Mavzuga oid
20:04 / 08.05.2025
Putin Ramzan Qodirovning iste’foga chiqishiga ruxsat bermadi
18:15 / 06.05.2025
Ramzon Qodirov o‘zini Checheniston rahbari lavozimidan ozod etishni so‘raganini aytdi
19:41 / 23.04.2025
Ramzon Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimini egalladi
08:29 / 09.04.2025