Jahon | 08:59 / 10.07.2017
4448
2 daqiqa o‘qiladi

JAR prezidenti: "Afrika hamkorligi" muhojirlik muammosini hal etishga yordam beradi

G20 davlatlari sammitida qabul qilingan "Afrika hamkorligi" dasturi yordamida ushbu qit'ada 1 mlndan ortiq ishchi o‘rni tashkil etilishi, shu bilan muhojirlarning Yevropaga oqimi to‘xtashi mumkin. Janubiy Afrika respublikasi prezidenti Jyeykob Zuma shunday fikrda.

"Bu hamkorlik bizning milliy manfaatlarimizga javob beradi. Chunki, u barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishga olib keladi. Ayollar va yoshlar o‘rtasida bandlikka yordam beradi hamda qashshoqlik va tengsizlikka qarshi kurashadi", - degan Zuma Hamburgda bo‘lib o‘tgan sammitdan qaytar ekan. 

Zumaning fikricha, Afrikaning qishloq yoshlari orasida bandlikka ko‘maklashish bo‘yicha "katta yigirmalik" tashabbusi 2022 yilgacha 1,1 mln ish o‘rnini barpo etishi va 5 yil ichida 5 mln yoshlarga innovatsiyaviy ta'lim berishi mumkin. "Afrika hamkorligi", shuningdek, ayollar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. 

"Bunday dasturlar fuqarolarning kuchayib borayotgan va dunyoning jiddiy muammolariga sabab bo‘layotgan norozilik kayfiyatlariga qarshi kurashish uchun zarur", - degan Zuma.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid