Jamiyat | 16:55 / 11.07.2017
5826
5 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada O‘zbekiston-Shvetsariya loyihasi asosida suv, gaz sohalarida mutaxassislar tayyorlanmoqda

Foto: O‘zA

Mamlakatimizda suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, gaz ta'minotini yanada yaxshilash muhim masala hisoblanadi. Suv xo‘jaligi inshootlarini ishlatish, zamonaviylashtirishga  davlat  byudjyetidan  juda  katta  mablag‘ ajratilmoqda. Eng asosiy vazifalardan biri  suv va gazni  taqsimlash  va  boshqarishni  samarali  madaniyatli uslubini amalga oshirishdir. Buning uchun suv va gazni aniq o‘lchash imkoniyatlariga ega bo‘lish kerak.  Shu  sababli  ham  mazkur  sohada  faoliyat  ko‘rsatayotgan mutaxassislarning tegishli bilim  va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zamon talabi sanaladi. Ularning tajribaviy ko‘nikmalarini orttirish yo‘llaridan biri kadrlarning malakasini oshirishda o‘qitishning zamonaviy va ilg‘or usullaridan foydalanish ko‘zlangan samarani beradi. 

Farg‘ona transport kasb-hunar kolleji O‘zbekiston-Shvetsariya “Kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish” IV-faza loyihasi ishtirokchisiga aylandi. Mazkur loyiha asosida “Suv, gaz ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini o‘rnatish, ta'mirlash va ishlatish ustasi” kasbi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. 

Loyiha doirasida kollejimiz eng zamonaviy kompyuter xonalari, o‘quv xonasi jihozlari, o‘quv-laboratoriya stendlari, elektrgazpayvandlash jihozlari, elektron kutubxonalar bilan ta'minlandi. 

Kollej o‘quvchilari 1-bosqich yakunida ishlab chiqarish korxonalarida mutaxassislik bilan tanishuv amaliyoti tashkil etilgan. Bu esa yoshlarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkonini yaratadi.

Mutaxassislikni tugatish mobaynida 3-bosqich o‘quvchilari shartnoma asosida quyidagi korxona va tashkilotlar — Toshloq tumani, “Vodiygazta'minoti” unitar korxonasi, Farg‘ona shahar “Vodiygazta'minot” unitar korxonasi, Qo‘shtema tumani “Suvoqava” IChB, Farg‘ona shahar, “Farg‘ona issiqlik ta'mir” MChJ, Toshloq tumani “Toshloq yo‘lovchi trans” MChJlarda “Diplom oldi amaliyoti”ni o‘tab, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish joylarida doimiy ishlash uchun qolishadi.

Kollejda darslar O‘zbekiston-Shvetsariya “Kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish” IV-faza loyihasi asosida o‘quvchilarga  ingliz va rus tili, matematika, kimyo, fizika fanlari mutaxassislikka yo‘naltirilib, darslar integratsiyalashgan holda olib borilmoqda. 

Alohida ta'kidlash joizki, kollejimizda o‘quv yili mobaynida Farg‘ona shahar xududida joylashga kasb-hunar kollejlari umumta'lim fanlari o‘qituvchilarini kasbga yo‘naltirib o‘qitish (integratsiya) bo‘yicha kollej umumta'lim fanlari o‘qituvchilari tomonidan amaliy seminar o‘tkazilib, malaka oshirish ishlari amalga oshirildi.

Seminar ishtirokchilariga kollej hayotiga doir videolavhalar namoyish etildi. O‘quv xonalari, loyiha doirasida jihozlangan o‘quv amaliyot xonalari, ustaxona, avtosaroy, laboratoriya xonalari tanishtirildi. Hamda fanlarga doir tayyorlangan mavzular (integratsiya) slaydlar orqali tushuntirildi. Integratsiya bo‘yicha mavzu ishlanmalari elektron variantlari va tarqatma materiallar tarqatildi.  

Mazkur seminarda Oliy Majlis Senatining fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mita raisi qo‘mita va rais o‘rinbosari va Farg‘ona viloyati hokimining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari qatnashdi. 

Shuningdek, Z.M.Nizamxodjayev boshligidagi ishchi guruh kollej moddiy texnika ba'zasini hamda loyiha asosida jihozlangan zamonaviy xonalarni juda katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirdi, ulardan foydalanish jarayonlariga katta ahamiyat berdi. Loyiha asosida taqdim etilgan jihozlangan ulardan ta'lim jarayonida yanada unumliroq foydalanish kerakligini alohida ta'kidladi.

Seminar yuqori saviyada o‘tkazilib, ishtirokchilar bir birlari bilan fikr va tajribalar alamashishdi. Bunday seminarlar tez-tez tashkil etilib turilishini taklifi bildirildi.

Alide EMIROVA,
Farg‘ona transport kasb-hunar kolleji 
Rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid