Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA Konfederatsiyalar kubogi-2017 musobaqasining eng yaxshi golini aniqladi
Meksikalik futbolchi Marko Fabian tomonidan Germaniya darvozasiga kiritilgan to‘p Konfederatsiyalar kubogining eng yaxshi goli deb topildi. To‘p musobaqaning yarim finalida maydon markaziga yaqin joydan urilgan edi, deb xabar qilmoqda FIFA sayti.
Fabian o‘yinning 89-daqiqasida Mark-Andre ter Shtegen qo‘riqlayotgan darvozani uzoqdan nishonga oldi. "Bundestim" golkiperi esa bu zarbani qaytarishdan ojiz qoldi. Albatta, urilgan gol o‘yin taqdirini hal qilmadi. Meksikaliklar Germaniya jamoasiga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Eng yaxshi gollar beshligiga, shuningdek, Raul Ximenes (Meksika), Andre Silva (Portugaliya), Kerem Demirbay (Germaniya) va Andre-Franka Zambo Angissa (Kamerun) gollari ham munosib ko‘rildi.
Bundan avval, Yulian Draksler Konfederatsiyalar kubogi-2017’ning eng yaxshi o‘yinchisi, Klaudio Bravo eng yaxshi darvozabon, Timo Verner eng yaxshi hujumchisi bo‘lgan edi.
Asosan yosh o‘yinchilardan iborat Germaniya termasi musobaqa finalida Chili jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, kubokni qo‘lga kiritdi. Rossiya A guruhida 3-o‘rinni egallab, yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi.
Mavzuga oid
20:46 / 25.03.2025
Blatter va Platini moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha yana oqlandi
21:00 / 12.03.2025
FIFA Jahon Kubogini isloh qilib, ishtirokchilar sonini 64 taga yetkazmoqchi
14:44 / 17.12.2024
FIFA Ukraina xaritasini Qrimsiz ko‘rsatganidan «afsusda»
20:53 / 11.12.2024