Jahon | 14:20 / 11.07.2017
7796
1 daqiqa o‘qiladi

Stiven King Trampni «feyk prezident» deb atadi

Amerikalik yozuvchi Stiven King AQSh prezidenti Donald Trampni «feyk» deb atadi. Xabar Kingning tvitterida e'lon qilingan.

«Xabarlar haqiqiy. Prezident feyk», - deya ma'lum qilgan yozuvchi.

Kingning izohi tezlik bilan mashhur bo‘lib ketdi. Bu uning eng ommabop tvitlaridan biriga aylandi.

Yozuvchi bayonotiga bildirilgan reaksiya turlicha bo‘ldi, deb xabar bermoqda BuzzFeed. Ba'zi foydalanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, King Tramp o‘zi saylangan ishni qilayotganini yodidan chiqarib qo‘ygan. Boshqalar esa King kitoblarini feyk, deb atashdi.

Yozuvchi muxlislari uni qo‘llab-quvvatlashgan. Bundan tashqari, foydalanuvchilarning bir qismi prezident uchun hazil muqobil variantlarni ham o‘ylab topa boshlagan.

Oq uy bu borada hozircha izoh bermadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid